Allegri Milandan ketishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Allegri Milandan ketishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uning klubdan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

58 yoshli mutaxassisning "rossoneri" bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Shunga qaramay, so‘nggi paytlarda OAVda hamkorlik joriy mavsum yakunida tugashi ehtimoli haqida xabarlar tarqalgandi. Allegri bu ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi.

"Milanda hammasi joyida, jamoada to‘liq uyg‘unlik bor. Biz bir yo‘nalishda ishlayapmiz, hamkorlikda harakat qilyapmiz. Klub kelajak bo‘yicha rejalar tuzmoqda. Bu yerda ishlash menga yoqadi", — deya Romano Allegri so‘zlarini keltirdi.

Bugun "Milan" A Seriyada safarda "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.