Bavariya Keynning kelajagi bo'yicha izoh berdi

Bavariya Keynning kelajagi bo'yicha izoh berdi

Myunxenning «Bavariya» klubida bosh direktor lavozimida ishlayotgan Yan-Kristian Drizen hujumchi Garri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi klub bilan 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Drizenning ta'kidlashicha, Keyn bo'yicha sotib olish opsiyasi yanvar oyi oxirida o'z kuchini yo'qotgan. «Garri bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. U oilasi bilan Myunxenda o'zini juda qulay his qilyapti. Keyingi mavsum oldidan kelajak masalasini xotirjam muhokama qilamiz», — dedi u Bayern & Germany nashriga.

Garri Keyn «Bavariya» safiga 2023 yil avgustida kelib qo'shilgan. Shu vaqtdan beri u 133 ta uchrashuvda maydonga tushib, 130 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.