Rafael Leau Milan uchun asosiy maqsadni aytdi

Italiya A Seriyasining 27-tur uchrashuvlarida “Milan” o‘rtamiyonalar qatoridagi “Kremoneze”ga qarshi bahsda g‘alabani ilib ketdi va birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. O‘yindagi ikkinchi golni Rafael Leau urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng Leau mavsumning qolgan qismidagi eng muhim vazifani ham ochiqladi: “Maqsadimiz – Yevropa Chempionlar ligasiga qaytish. Juda yaxshi mavsum o‘tkazayapmiz. Bugungi uch ochko bizga derbi oldidan ham kayfiyat, ham ishonch berdi. Ammo “Inter”ga qarshi o‘yin butunlay boshqacha bo‘ladi, biz albatta tayyorlanamiz”, — deya futbolchining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
“Milan”ning “Inter”ga qarshi derbisi kelasi hafta yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, “Inter” seshanba kuni Italiya Kubogi yarim finalida “Komo”ga qarshi maydonga tushishi kerak.













