AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlar boshqa muddatga qoldirilganini ma'lum qildi. Bahslar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi harbiy keskinlashuv sabab bo'ldi. Xabarda aytilishicha, raketa zarbalari qo'shni davlatlar hududiga ham yetib bormoqda, u yerda AQSh harbiy bazalari joylashgan.

AFC bayonotida konfederatsiya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishi hamda futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada ekani ta'kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo'lib o'tishi ko'zda tutilgandi. Hozircha o'yinlarning yangi sanasi yoki o'tkaziladigan joyi e'lon qilinmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.