Finalissima taqdiri bo'yicha hozircha yakuniy qaror yo'q

Finalissima taqdiri bo'yicha hozircha yakuniy qaror yo'q

Qatarda mintaqadagi harbiy harakatlar fonida barcha futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatildi. Shu sabab Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima uchrashuvi qoldirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma'lum qilishicha, hozirda UEFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni kuzatib, kutish pozitsiyasini tanlagan. Uning aytishicha, bir necha kundan so'ng ular Qatar hukumati bilan birga Finalissima bo'yicha qaror qabul qiladi.

Argentina va Ispaniya 27 mart, juma kuni sovrin uchun bahs olib borishi kerak. O'yinni Qatarda o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil iyunidagi avvalgi Finalissimada Argentina Italiyani 3:0 hisobida yirik mag'lub etgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.