Bartesagi jarohat oldi va Interga qarshi derbini o'tkazib yuboradi

Bartesagi jarohat oldi va Interga qarshi derbini o'tkazib yuboradi

Italiyaning «Milan» klubi A Seriyaning 27-turida «Kremoneze» ustidan navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi: uchrashuv yakunida raqib darvozasiga ketma-ket ikki javobsiz gol urildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq muvaffaqiyat Massimiliano Allegri jamoasi uchun yoqimsiz xabar bilan soyada qoldi. Katta umidlar bog'lanayotgan yosh himoyachi Davide Bartesagi jarohat oldi. U birinchi golga olib kelgan burchak zarbasini ishlab olgan vaziyatda shikastlandi.

Hozircha futbolchining qancha muddat safdan chiqishi aniq emas, ammo bir narsa ma'lum: bir haftadan keyin «Inter»ga qarshi derbida Bartesagi maydonga tusha olmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.