Eron terma jamoasi JChni o‘tkazib yuborishi mumkin

Eron terma jamoasi JChni o‘tkazib yuborishi mumkin

Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida Eron terma jamoasining jahon chempionatida qatnashmasligi ehtimoli kuchaymoqda. Eslatib o‘tamiz, musobaqa asosan AQSHda bo‘lib o‘tadi va eronliklar uchun viza masalasi avval ham muammoli bo‘lib kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj AQSHning Eronga zarbasi haqidagi savollar fonida terma jamoa mundialga borishi borasida shubhalarini yashirmadi. «Jahon chempionati va AQSHning Eronga hujumi haqida gapiradigan bo‘lsak, mundialda ishtirok eta olishimizga unchalik ishonmayman. Ammo buni men hal qilmayman», — dedi u jurnalistlarga.

Agar Eron terma jamoasi turnirni o‘tkazib yuborsa, uning o‘rnini katta ehtimol bilan BAA yoki Iroq terma jamoasi egallashi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.