Nagelsmann Noyer mavzusini yopdi, Manu hammasini aytgan

Nagelsmann Noyer mavzusini yopdi, Manu hammasini aytgan

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerni terma jamoaga qaytarish borasidagi gap-sozlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OAVda hanuzgacha «Bavariya» sardori, yaqin orada 40 yoshni qarshilaydigan tajribali posbon yana bundestimga chaqirilishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Taxminlarga ko'ra, u Jahon chempionati arafasida Germaniya darvozasi atrofidagi vaziyatga yechim bo'lishi mumkin.

«Bu masalada pozitsiyamni aniq aytganman, Manuning o'zi ham fikrini ravshan bildirgan. U terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Hozir ham u “Bavariya”da o'z ishini juda yaxshi bajarmoqda, ammo bizda Baumann degan yana bir a'lo darvozabon bor. Olli shu darajada o'ynashda davom etsa, Jahon chempionatini juda yaxshi o'tkazadi», — dedi Nagelsmann Kicker nashriga bergan izohida.

Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatiga nuqta qo'ygandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.