Mossakovskiy Real va Xetafe o'yiniga taxmin bildirdi

Mossakovskiy Real va Xetafe o'yiniga taxmin bildirdi

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning “Real” jamoasi o'z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv haqida futbol sharhlovchisi Mixail Mossakovskiy o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mossakovskiyga ko'ra, eng ehtimolli natija — “Real”ning g'alabasi. Biroq u mezbonlar uchun oson o'yin bo'lmasligini, bahs ko'proq “yopishqoq” va kurashlarga boy kechib, “Real” minimal ustunlik bilan yutishi mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, sharhlovchi tikishda “Xetafe”ning ijobiy forasiga e'tibor qaratish mantiqli ekanini aytdi.

“Real” — “Xetafe” uchrashuvi bugun, 2 mart kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tadi. Bosh hakamning start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.