Konferensiyalar ligasida 1/8 final kechasi start oladi bugun

Konferensiyalar ligasida 1/8 final kechasi start oladi bugun

Bugun Konferensiyalar ligasida 1/8 final bahslari boshlanadi. Pley-offning bu bosqichi har doim alohida kayfiyatda o‘tadi: maydonda favorit ham “xotirjam” o‘ynay olmaydi, anderdog esa bir kechada tarix yozib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun bugungi dasturda ham muxlislarni bir qator qiziq, kurashlarga boy to‘qnashuvlar kutyapti.

Quyida 1/8 final o‘yinlari ro‘yxati (Toshkent vaqti bilan):

Konferensiyalar ligasi | 1/8 final

22:45 “AZ Alkmar” – “Sparta Praga”

22:45 “Lex” – “Shaxtyor”

22:45 “Riyeka” – “Strasbur”

22:45 “Samsunspor” – “Rayo Valekano”

01:00 “Kristal Pelas” – “AYEK Larnaka”

01:00 “Sigma” – “Mayns 05”

01:00 “Fiorentina” – “Rakuv”

01:00 “Sele” – “AYEK”

Qisqasi, bugun tungi futbol yana “rejimni yo‘qotadi”: 22:45da birinchi to‘lqin, 01:00da esa ikkinchi to‘lqin. Kimdir birinchi o‘yindayoq ustunlikni oladi, kimdir esa javob bahsiga intriga qoldirish uchun borini beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.