O‘zbekiston bokschilari Taylandda yarim finalga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston bokschilari Taylandda yarim finalga tayyorlanmoqda

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yoshlar o‘rtasidagi “Futures Cup” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda ikki nafar O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda va yosh, iqtidorli sportchilardan tashkil topgan jamoa o‘z mahoratini namoyish qilmoqda.

Ertaga musobaqaning yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Kun davomida 10 nafar bokschimiz ringga tushib, o‘z irodasi va kuchini ko‘rsatadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan ertalab 09:00 va kunning ikkinchi qismida 15:00 da boshlanadi.

Yarim final jadvali:

  • 60 kg: Rushanabonu Isoeva - Jiaen Wang (Xitoy) 09:45, A ring

  • 75 kg: Samira Turg‘unova - Ariana Chavez (AQSh) 10:15, A ring

  • 80 kg: Asaloy Baxtiyerova - Mairame Sow (Senegal) 10:15, B ring

  • +80 kg: Nilufarkhon Abduhoshimova - Kealey Perez (Samoa) 10:45, A ring

  • 50 kg: Abdugani Yorqinjonov - Ambekar Meetei (Hindiston) 11:00, A ring

  • 85 kg: Sardorbek Bahromxojaev - Zurab Oboladze (Gruziya) 12:00, A ring

  • 90 kg: Asadbek Sultonboev - Soyunali Ovezgeldiev (Turkmaniston) 12:15, B ring

  • 51 kg: Nazokat Mardonova - Zhu Zhang (Xitoy) 15:00, A ring

  • 65 kg: Sevara Mamatova - Amelia Zamana (Italiya) 15:15, B ring

  • 75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Georgiy Bitiev (Yangi Zelandiya) 15:45, A ring

O‘zbekiston Boks Federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu bahslar yosh bokschilarimiz uchun xalqaro maydonda muhim tajriba bo‘ladi. Muxlislar esa terma jamoaning yarim finaldagi natijalarini intizorlik bilan kutmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.