Yadroviy energetika startapi Deep Fission yana bir bor birjaga chiqmoqda

Yadroviy energetika startapi Deep Fission yana bir bor birjaga chiqmoqda

Yadroviy energetika sohasidagi Deep Fission startapi sunʼiy intellekt maʼlumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun yerosti reaktorlarini qurish maqsadida ommaviy aksiyadorlik jamiyatiga aylanishini eʼlon qildi. Biroq bu yangilik koʻpchilikda savollar tugʻdirmoqda, chunki kompaniya oʻtgan yilning sentyabr oyida ham Surfside Acquisition qobiq kompaniyasi bilan birlashish orqali birjaga chiqqanini maʼlum qilgan edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Oʻshanda Deep Fission har bir aksiyasini 3 dollardan sotib, 30 million dollar jalb qilganini aytgan boʻlsa-da, amalda uning aksiyalari birjada savdo qilinmagan. Endilikda kompaniya Nasdaq birjasida anʼanaviy IPO oʻtkazishni rejalashtirmoqda va har bir aksiya uchun 24 dollardan 26 dollargacha narx belgilab, jami 157 million dollar yigʻishni koʻzlamoqda. Bu esa kompaniya qiymatini 1,66 milliard dollarga yetkazishi mumkin.

Kompaniyaning moliyaviy holati va rejalari borasida ham noaniqliklar mavjud. SECʼga taqdim etilgan yangi S-1 hisobotiga koʻra, birinchi reaktorni ishga tushirish muddatlari kechikmoqda. Avvalroq 2026-yil iyuligacha yadroviy zanjir reaksiyasini oʻz-oʻzini taʼminlash darajasiga yetkazish vaʼda qilingan boʻlsa, endilikda aniq muddatlar koʻrsatilmagan.

Deep Fission moliyaviy jihatdan jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mart oyi holatiga koʻra, kompaniya defitsiti 56,2 million dollardan 88,1 million dollargacha oʻsgan. Agar ushbu IPO muvaffaqiyatli yakunlanmasa, startap yaqin 12 oy ichida mablagʻsiz qolishi va faoliyatini toʻxtatishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.