«Paxtakor» «Bunyodkor»ni engdi va birinchi o‘ringa qaytdi


Oliy liga 11 turida \"Paxtakor\" klubi o‘z maydonida \"Bunyodkor\"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Uchrashuvdagi yagona golni Igor Sergeev kiritdi. Hujumchi 69 daqiqada raqib himoyachisi Ivan Miloshevichdan osonlik bilan o‘tib ketdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shundan so‘ng \"Bunyodkor\"da hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, hisobni tenglashtira olmadilar.
\"Paxtakor\" - \"Bunyodkor\" 1:0
Gol: Igor Sergeev
\"Paxtakor\": A. Lobanov, A. Merzlyakov, E. Krimes, A. Oraxovas, D. Hoshimov, A. Ismatullaev, K. Maxeradze, V. Kozak, Sh. Karimov, I. Sergeev, B. Pardaev
\"Bunyodkor\": M. Zuhurov, A. Shorahmedov, X. Karimov, Sh. Zuagi, J. Ibrohimov, S. Minori, I. Miloshevich. O. Jo‘raboyev, S. Rashidov, S. Sobirxo‘jaev, T. Ayupov
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













