“Real” va “Bavariya” bahsi uchun asosiy tarkiblar eʼlon qilindi

“Real” va “Bavariya” bahsi uchun asosiy tarkiblar eʼlon qilindi

Yevropa Chempionlar ligasining chorakfinal bosqichida futbol muxlislari intiqlik bilan kutayotgan markaziy to‘qnashuvlardan biri — “Real” va “Bavariya” o‘rtasidagi bellashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Madridda tashkil etiladigan ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da start oladi va har ikki jamoa ham g‘alaba uchun barcha kuchini safarbar etishi kutilmoqda.

Uchrashuv oldidan har ikki grand klubning asosiy tarkiblari rasman eʼlon qilindi. Kutilganidek, maydonga eng kuchli va hujumkor futbolchilar tushirilmoqda. “Real” safida Vinisius Junior va Kilian Mbappe ilk daqiqalardanoq jamoaning hujum chizig‘ini boshlab beradi. Ularning tezligi va texnikasi “Bavariya” himoyachilari uchun jiddiy sinov bo‘lishi aniq.

Mehmonlar tarkibida esa Luis Dias va Harri Keyn kabi hujumda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan futbolchilar boshlang‘ich tarkibdan joy olgan. Ular jamoaning asosiy gol manbai sifatida katta umidlar bilan maydonga chiqadi.

Jamoalarning to‘liq tarkibi quyidagicha:

YECHL. Chorakfinal

“Real” – “Bavariya”

“Real”: Lunin, Trent, Ryudiger, Heysen, Karreras, Guler, Valverde, Chuameni, Tiago, Mbappe, Vinisius.

“Bavariya”: Noyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Gnabri, Pavlovich, Stanishich, Olise, Laymer, Luis Dias, Keyn.

Mazkur bahs nafaqat chorakfinal taqdiri, balki Yevropa futbolidagi kuchlar muvozanatini ham belgilab berishi mumkin. Shu bois bugungi o‘yin haqiqiy final kayfiyatida o‘tishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.