Munisa Rizayeva: “Bugun zo‘r g‘oya beradigan kompozitor topish mushkul”

Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasidagi suhbati davomida bugungi ijodiy muhit haqida ochiq gapirdi. Xonanda zamonaviy musiqa sohasida iste’dodli kompozitorlar soni kamayib borayotganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, bugun kuchli g‘oya bera oladigan ijodkorlar juda kam. Hatto borlari ham ko‘pincha ijod qilishdan ko‘ra moddiy manfaatni ustun qo‘yayotganini bildirib o‘tdi:
“Hozir kompozitorlar kamayib ketgan. Zo‘r g‘oya beradigan insonlar deyarli yo‘q. Borlari ham ishlagisi kelmayapti — faqat pul haqida o‘ylashadi. Hali qo‘shiq yozmasdan turib ham oldindan haq so‘rashadi. Bu to‘g‘ri emas. Avval ijod, keyin natija bo‘lishi kerak.”
Xonanda, ayniqsa, yosh ijodkorlar haqida ham fikr bildirib, ularning hali tajriba orttirish bosqichida ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, sifatli kompozitor va aranjirovkachi topish bugungi kunda ancha murakkablashganini qo‘shimcha qildi.
“Kompozitor ham, aranjirovkachi ham topish qiyinlashgan. Shu sababli ijod jarayonida turli qiyinchiliklar ko‘p uchrayapti,” — deydi u.













