Arbeloa “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida qanday fikr bildirdi?

Arbeloa “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida qanday fikr bildirdi?

Yevropa Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazilgan ilk bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning taʼkidlashicha, madridliklar hali ham keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli imkoniyatga ega.

Mutaxassis jamoaning holatiga real baho berib, hech qanday tushkunlikka tushmaslik kerakligini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, javob uchrashuvi oldidan vaziyat hali ham ochiq va “Real” kabi katta klub uchun bu hisob hal qiluvchi emas.

«Biz hali ham o‘yindamiz, vaziyatni o‘zgartirish imkoniyati bor. Faqat bitta gol yetishmayapti, xolos. “Real” istalgan stadionda g‘alaba qozona oladigan jamoa. Afsuski, bugun o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalana olmadik. Birinchi bo‘limda juda ehtiyotkor va chuqur o‘ynadik, bu esa raqibga tashabbusni berib qo‘ydi», — dedi Arbeloa.

Shu bilan birga, u ikkinchi bo‘limda jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini taʼkidladi. Unga ko‘ra, futbolchilar maydonda xarakter va iroda namoyish etgan.

«Tanaffusdan keyin o‘yinimizni ancha yaxshiladik. Jamoa ruhan kuchli ekanini ko‘rsatdi. Eng muhimi — hali hammasi o‘z qo‘limizda», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Maʼlumot uchun, javob uchrashuvi 15 aprel kuni Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda qaysi jamoa yarim finalga yo‘l olishi aniq bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.