Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlari bilan tanilgan futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “HanNews.kz” axborot manbasi xabar berdi.

Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublari — “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912” va “Turon” jamoalarida o‘ynagan.

Xushnudbek Avilov o‘z vaqtida O‘zbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan va xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.