Chempionlar Ligasi: "Bavariya" "Real Madrid"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi

UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida \"Bavariya\" o‘z maydonida \"Real Madrid\"ni qabul qildi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (umumiy hisob 6:4) Germaniya klubi yarim finalga yo‘l oldi. Mezbonlar safida gollarni Aleksandr Pavlovich (6\'), Garri Keyn (38\'), Luis Fernando Dias (89\') va Maykl Olise (90+4\') kiritishdi. \"Real\" tarkibida esa Arda Guler dubl qayd etdi (1\', 29\'), yana bir gol Kilian Mbappe (42\') hisobiga yozildi.
O‘yin statistikasi \"Bavariya\"ning mutlaq ustunligini ko‘rsatmoqda. Myunxenliklar to‘p nazoratini 67% darajasida ushlab turishdi va raqib darvozasi tomon 17 ta zarba yo‘llashdi (shundan 8 tasi aniq). \"Real Madrid\" esa 33% to‘p nazorati va 11 ta zarba bilan javob qaytardi. Uchrashuv oxirida (86\') Eduardu Kamavinga qizil kartochka olib, maydonni tark etdi, bu esa madridliklarning so‘nggi daqiqalardagi imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi.













