“Ilonlar malikasi”: 60 ming zaharli ilon bilan yashayotgan xitoylik qiz hikoyasi

“Ilonlar malikasi”: 60 ming zaharli ilon bilan yashayotgan xitoylik qiz hikoyasi

Xitoyda 29 yoshli qiz noodatiy va xavfli kasbi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. U 60 mingdan ortiq zaharli ilonlarni parvarish qilib, yiliga qariyb 147 ming dollar daromad topadi.

Sin 1995 yilda Guansi provinsiyasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, otasining qarshiligiga qaramay, u o‘z qishlog‘iga qaytib, ilon yetishtirish va parvarish qilish bilan shug‘ullanuvchi fermada ish boshlagan.

Bugungi kunda u 50 mingdan ortiq o‘ta zaharli ilonlar va taxminan 10 mingga yaqin kobra parvarishlaydi. Uning aytishicha, ilonlardan olinadigan mahsulotlar turli sohalarda ishlatiladi: quritilgan ilon va uning a’zolari an’anaviy tabobatda qo‘llanilsa, ilon zahri esa tibbiy tadqiqotlar uchun muhim xomashyo hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilon zaharining 1 gramm narxi 30 dollargacha, ilon go‘shti esa 150 dollargacha baholanadi.

Bugungi kunda Sin ijtimoiy tarmoqlarda “ilon zahri yig‘uvchi qiz” nomi bilan tanilgan bo‘lib, minglab kuzatuvchilariga ushbu xavfli, ammo daromadli kasbning sir-asrorlarini bo‘lishib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.