Parizoda kulib aytdi: “Qizimni klipda yig‘latish uchun chimchilab oldim”

Raqqosa Parizodaga o‘tgan konsertdagi chiqishlari yuzasidan savol berildi. Suhbat davomida unga: “Avvalgi konsertda sizni qizingiz bilan ko‘rgan edik, bu muxlislarga juda yoqqan edi. Nega bu safar yolg‘iz raqsga tushyapsiz?” degan savol yo‘llandi.
Raqqosa bu savolga javoban, aslida qizi ham, shuningdek “Parizoda” raqs maktabidagi o‘quvchi qizlar ham sahnada bo‘lishni istashganini aytdi. Biroq ularning ishtiroki cheklanganiga sabab vaqt yetishmasligi bo‘lganini ta’kidladi.
U shuningdek, yaqin kunlarda — 16 yil deganda ilk bor konsert dasturi tayyorlayotganini ham ma’lum qildi. Uning aytishicha, katta qizi E’zozaxon Zumrad va kichik qizi “Qimmat” obrazini ijro etmoqda. Shuning uchun bu safar ularni sahnaga olib chiqish imkoni bo‘lmadi.
Keyingi savolda esa raqqosaning qizi ishtirok etgan Ozoda Nursaidovaning “To‘ylar muborak” klipi haqida fikri so‘raldi. Unda qizi bosh rolni ijro etgani ham muhokama qilindi.
Parizoda klip haqida gapirar ekan, avvaliga qo‘shiqning o‘zi unga juda yoqqanini aytdi:
“Menga aslida qo‘shiq juda yoqqan edi. Klipdan oldin katta umidlarim bor edi, chunki unda juda ta’sirli sahnalar bor edi. Qizim E’zozaxon ham rol ijro etgan. E\'zozani qo\'shiq aytadigan joyi bor, birinchi kadrda yig\'lashi kerak bo\'lgan. Lekin u hali kichkina, 14 yoshli qiz bo\'lgani uchun hech narsani tushunmaydi. Yig\'la, yig\'la desak ham biz uni hech yig\'latolmadik. Biz esa musiqaning ta’siridan o‘zimiz yig‘lab yubordik.”
U kulib davom etib, qizi yig‘lamagach, oxir-oqibat uni qattiq chimchilab olganini ham qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, shundan so‘ng qizi qiynalib, kerakli sahnani ijro eta olgan.













