Lukaku va «Napoli» jarohat masalasida umumiy kelishuvga erishdi

Lukaku va «Napoli» jarohat masalasida umumiy kelishuvga erishdi

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku va klub rahbariyati o'rtasidagi jarohatdan tiklanish jarayoni bilan bog'liq tushunmovchiliklar bartaraf etildi. Tomonlar o'tkazilgan konstruktiv muzokaralardan so'ng o'zaro kelishuvga erishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

32 yoshli futbolchi son qismidagi jarohati sababli so'nggi haftalarni Belgiyada mutaxassislar nazoratida o'tkazayotgan edi. Bu holat klubning mashg'ulot bazasini tark etgani uchun rahbariyat bilan kelishmovchilikka sabab bo'lgan.

Lukaku va «Napoli» jarohat masalasida umumiy kelishuvga erishdi

Yangi kelishuvga ko'ra, Lukaku tiklanish jarayonini o'z vatanida davom ettiradi. U 2026-yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlari uchun Belgiya terma jamoasi yig'iniga qo'shilishdan oldin Neapolga qaytib kelishi rejalashtirilgan.

Hujumchi ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qilib, klubga sodiqligini ta'kidladi. «Haqiqat shundaki, so'nggi haftalarda o'zimni jismonan yomon his qildim.

Lukaku va «Napoli» jarohat masalasida umumiy kelishuvga erishdi

Tekshiruvlar mushaklarda yallig'lanish borligini ko'rsatdi», — deb yozdi futbolchi.

Lukaku jismoniy holati 100 foiz tayyor bo'lmagani sababli ruhiy bosim ostida qolganini tan oldi. Uning so'zlariga ko'ra, «Napoli» uchun borini berishni istaydi va jamoaga g'alaba qozonishda yordam berish asosiy maqsadi hisoblanadi.

Avvalroq Italiya klubi mashg'ulotlarga kelmagani uchun hujumchiga nisbatan intizomiy choralar ko'rishni rejalashtirayotgan edi. Biroq dushanba kungi uchrashuvdan so'ng barcha jazo choralari bekor qilindi va hamkorlikda ishlashga qaror qilindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.