Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

"Borussiya Dortmund" jamoasining 16 yoshli vingeri Matis Albert Germaniya Bundesligasida debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi. Iste'dodli futbolchi "Frayburg"ga qarshi kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida maydonga tushdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Albert o'z jamoasining 4:0 hisobidagi yirik g'alabasiga guvoh bo'ldi. Bungacha u uch marta asosiy jamoa qaydnomasiga kiritilgan bo'lsa-da, maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lmagan edi.

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Matis Albert ushbu natijasi bilan AQSh futboli tarixida Germaniya chempionatining eng yosh debyutanti sifatida yangi sahifa ochdi. Dortmundliklar safida yosh iqtidor egalariga imkoniyat berish an'anasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.