Gasperini Ranieri bilan kelishmovchilik sabab matbuot anjumanini yig'lab tark etdi

Gasperini Ranieri bilan kelishmovchilik sabab matbuot anjumanini yig'lab tark etdi

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini "Atalanta"ga qarshi A Seriya o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida hissiyotlarini jilovlay olmadi. Mutaxassis klub maslahatchisi Klaudio Ranieri bilan yuzaga kelgan ochiq nizo sababli ko'z yosh to'kdi va tadbirni muddatidan oldin yakunladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mojaroga Ranierining yaqinda bergan intervyusi sabab bo'lgan. Unda faxriy murabbiy Gasperini o'tgan yozda klub uchun faqat to'rtinchi tanlov bo'lganini va barcha transferlar aynan amaldagi murabbiy roziligi bilan amalga oshirilganini ta'kidlagan edi.

Gasperini Ranieri bilan kelishmovchilik sabab matbuot anjumanini yig'lab tark etdi

Gasperini bu gaplarni kutilmagan zarba deb atadi.

«Ranieri bilan oramizda hech qachon bunday ohangda gap bo'lmagan edi. Men buni kutmagandim va faoliyatim davomida bunday munosabatga duch kelmaganman.

Gasperini Ranieri bilan kelishmovchilik sabab matbuot anjumanini yig'lab tark etdi

Klub, jamoa va muxlislarga zarar yetkazmaslik uchun bu borada boshqa izoh bermayman», — dedi Gasperini.

Ichki nizolar faqat Ranieri bilan cheklanib qolmagan. Murabbiy klub tibbiy shtabi bilan ham futbolchilarning jismoniy holati borasida kelishmovchiliklar borligini tasdiqladi.

Xususan, Ueslining jarohati va uning maydonga tushish imkoniyati borasida rahbariyat va shifokorlar o'rtasida bahslar davom etmoqda.

Gasperini o'zining sobiq jamoasi "Atalanta"dagi faoliyatini eslaganda yanada ta'sirlandi. U Bergamodagi ahillik va klub prezidenti Antonio Perkassi bilan bo'lgan yaqin munosabatlarini yodga olib, Rimdagi hozirgi vaziyatdan qattiq tushkunlikka tushganini namoyish etdi va zalni yig'lab tark etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.