Angliya terma jamoasi o'z maydonida Yaponiyaga mag'lub bo'ldi

Angliya terma jamoasi o'z maydonida Yaponiyaga mag'lub bo'ldi

Angliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan o'z maydonidagi so'nggi ikki uchrashuvda kutilmagan natijalar qayd etdi. Tomas Tuxel shogirdlari Urugvay bilan durang o'ynagan bo'lsa, Yaponiya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

«Uembli» stadioniga yig'ilgan muxlislar o'yindan so'ng futbolchilarni hushtakbozlik bilan kuzatib qo'yishdi.

Angliya terma jamoasi o'z maydonida Yaponiyaga mag'lub bo'ldi

Jamoa sardori Harri Keyn, Deklan Rays, Jud Bellingem va Bukayo Saka kabi yetakchilarning yo'qligi Angliya o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Tuxel tarkibda ko'plab tajribalar o'tkazgan bo'lsa-da, bu kutilgan samarani bermadi.

Ayniqsa, Keynning o'rnini bosadigan hujumchi masalasi hamon ochiq qolmoqda.

Angliya terma jamoasi o'z maydonida Yaponiyaga mag'lub bo'ldi

Dominik Solanke va Fil Foden hujum markazida o'zlarini ko'rsata olishmadi. Foden «Manchester Siti»dagi formasini terma jamoada namoyish eta olmayotgani mutaxassislar e'tiroziga sabab bo'lmoqda.

U Yaponiya bilan bahsda «yolg'onchi to'qqizlik» vazifasini bajara olmadi va samaradorlik ko'rsatmadi.

Himoya chizig'ida esa Garri Maguayr zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira olishini isbotladi. Jon Stounz jarohati sababli yig'inni tark etgan bir paytda, Maguayrning tajribasi Tuxel uchun muhim omil bo'lib qolmoqda.

Qanot himoyachilari Ben Uayt va Niko O'Reyli esa barqaror o'yin ko'rsata olishmadi.

Angliya terma jamoasi iyun oyida AQShga yo'l oladi va u yerda Kosta-Rika hamda Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi bo'lib o'tadigan Jahon chempionati startigacha Tuxel tarkibdagi muammolarni hal qilishi lozim.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.