Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik yarim himoyachi Gavining umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytganini e'lon qildi. Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi og'ir jarohat sababli 205 kun davomida maydonga tusha olmagan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub rasmiy sayti Gavining tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani va yakshanba kuni "Sevilya"ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi. Futbolchi kutilganidan ko'ra tezroq tiklanishga muvaffaq bo'ldi.

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Xansi Flik yosh iqtidor egasining qaytishidan mamnunligini bildirdi, biroq uni ehtiyotkorlik bilan o'yinga jalb qilishini ta'kidladi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Gavi dastlabki uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushishi kutilmoqda.

«U tibbiy ruxsat oldi va men bundan xursandman. Mashg'ulotlarda ko'rsatgan o'yini menga ma'qul keldi, ammo biz uni bosqichma-bosqich o'yin amaliyotiga qaytarishimiz kerak», — dedi germaniyalik mutaxassis.

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Flik futbolchining ruhiy holati va jismoniy kurashlarga tayyorligiga shubha qilmayapti. Murabbiy Gavining maydondagi shijoati va o'z tanasiga bo'lgan 100 foizlik ishonchini yuqori baholadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.