Ugo Ekitike jarohat sababli 2027-yilgacha safdan chiqdi

Ugo Ekitike jarohat sababli 2027-yilgacha safdan chiqdi

«Liverpul» jamoasi Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng jiddiy inqirozga yuz tutdi. Jamoaning asosiy hujumchisi Ugo Ekitike PSJ bilan o'yinda og'ir jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

23 yoshli fransiyalik futbolchining axill payi uzilgani sababli u 2027-yilgacha maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi.

Ugo Ekitike jarohat sababli 2027-yilgacha safdan chiqdi

Ekitike joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turgan edi. Uning yo'qligi Arne Slot boshqaruvidagi jamoa uchun katta muammoga aylandi.

Endilikda klub rahbariyati va muxlislar bor e'tiborini qimmatbaho xaridlar — Aleksander Isak va Florian Virtsga qaratmoqda.

Ugo Ekitike jarohat sababli 2027-yilgacha safdan chiqdi

«Liverpul» so'nggi 27 ta o'yindan atigi 10 tasida g'alaba qozondi. O'tgan mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa hozirda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallash uchun kurashmoqda.

Muhammad Salahning samaradorligi pasayishi va Aleksis Mac Alister kabi yetakchilarning o'yini so'nishi vaziyatni yanada og'irlashtirdi.

Isak va Virts jarohatlar hamda moslashish jarayoni tufayli hali o'zlarini to'liq ko'rsata olmadi. Endi ushbu yulduzlar transfer uchun sarflangan katta mablag'larni oqlashlari va klub loyihasini butunlay qulashdan saqlab qolishlari talab etiladi.

Aks holda, jamoaning kelajagi so'roq ostida qoladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.