Messi, Neymar va Suares «Barsa» uchun birgalikdagi yuzinchi o‘yinni o‘tkazishadi

Messi, Neymar va Suares «Barsa» uchun birgalikdagi yuzinchi o‘yinni o‘tkazishadi

«Barselona»ning Ispaniya primerasi 31-turi dorasidagi «Malaga» bilan mehmondagi o‘yini Kataloniya klubi hujumchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suares uchun birgalikdagi 100-o‘yinga aylanadi, deb yozadi \"Kun.uz\" nashri.

Bu trio ilk bor birga maydonga tushgan bahs 2014 yilning 25 oktyarb kuni bo‘lib o‘tgan – o‘shanda Messi, Neymar va Suares Madridning «Real» jamoasi bilan safarda kechgan o‘yinda birga to‘p surishgandi. Bellashuvda «galaktikos» 3:1 hisobida g‘olib bo‘lgan.

«Barsa»ning uch hujumchisi umumiy hisobda klub uchun 712 ta to‘p kiritishgan (Messi — 496, Neymar — 100, Suares — 116).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.