"Liverpul" "Man Yunayted"ga yutqazgach, Slot VAR tizimini tanqid qildi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Yunayted" jamoasidan uchralgan 3:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng hakamlik darajasini keskin tanqid qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uning ta'kidlashicha, joriy mavsumda VAR qarorlari doimiy ravishda uning jamoasiga qarshi ishlamoqda.
Mutaxassis Benjamin Sheshko tomonidan kiritilgan bahsli golni alohida ta'kidlab o'tdi. Ushbu vaziyatda to'p qo'lga tekkan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Shuningdek, murabbiy jamoasining takrorlanayotgan mudofaa xatolari va omadsizliklaridan afsusda ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













