Odil Ahmedov jamoasi peshqadamni mag‘lub etib, Xitoy Super ligasi etakchisiga aylandi

Odil Ahmedov jamoasi peshqadamni mag‘lub etib, Xitoy Super ligasi etakchisiga aylandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan Xitoyning «Shanxay SIPG» futbol klubi Xitoy Super ligasining 4-turida peshqadamni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb yozadi \"Daryo.uz\" nashri.

Feliks Magat boshqarayotgan «Shandong Luneng» klubiga qarshi o‘yin Villash-Boash shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi gol Xalk tomonidan urilgan bo‘lsa, ikkinchisiga Oskar pas berdi.

Odil Ahmedov bu uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Bosh murabbiy Andre Villash-Boash mazkur turda Elkesenga dam olish imkoniyatini yaratib berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimes esa avvalgi turlarda bo‘lgani kabi 4-turda ham qaydnomaga kirmadi. Uning jamoasi 1:0 hisobida zafar quchib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Xitoy Super ligasi
4-tur o‘yinlari
7 aprel, juma


«Shanxay SIPG» — «Shandong Luneng» 2:1

Gollar: Xalk, 10 (1:0). Papiss Sisse, 46 (1:1). Vei Shihao, 83 (2:1).

«Beydzing Guoan» — «Henan Jiane» 1:0

Gol: Dzang Chiming, 76 (1:0).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.