La-Liga. "Barselona" sensasion mag‘lubiyatga uchradi

La-Liga. "Barselona" sensasion mag‘lubiyatga uchradi

Ispaniya chempionatining 31-turida \"Malaga\" uyiga safar qilgan \"Barselona\" musobaqa peshqadamiga aylanish imkonini qo‘ldan boy berib qo‘ydi. \"Malaga\" kataloniyaliklarni 2:0 hisobida mag‘lub qildi, deb yozadi \"Kun.uz\" nashri.

Mezbonlar 32-daqiqada Sandro Ramiresning goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, o‘yin yakunlashi arafasida Xoni Rodriges jamoaning ikkinchi golini kiritdi.

Shuni ta’kidlash joizki, \"Barselona\" 65-daqiqada Neymarga ko‘rsatilgan qizil kartochka sababli o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.

31-turdan so‘ng \"Barselona\" 69 ochko to‘plab, etakchi \"Real\"dan 3 ochko farq bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Hisobida 33 ochko bo‘lgan \"Malaga\" esa 14-pog‘onani band qilgan.

Malaga – Barselona 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (Sharles, 77).
Barselona – ter Stegen, Mate (Serdji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.