Bavariya prezidenti Vincent Kompany haqida: U sotilmaydi

Bavariya prezidenti Vincent Kompany haqida: U sotilmaydi

Bavariya prezidenti Herbert Hainer jamoa bosh murabbiyi Vincent Kompany atrofidagi mish-mishlarga chek qoʻydi. Manchester Siti bilan bogʻlangan xabarlarga qaramay, klub rahbari belgiyalik mutaxassisni «sotilmaydigan» deb atadi va uning Allianz Arenaʻdagi faoliyatini yuqori baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Pep Guardiolaʻning Etihad Stadiumʻdagi kelajagi noaniq boʻlib turgan bir paytda, Kompany uning oʻringbosari sifatida koʻrilayotgan edi. Biroq Myunxen klubi oʻz murabbiyini qoʻyib yubormoqchi emas. Hainerning taʻkidlashicha, Kompany bilan 2029-yilgacha imzolangan shartnoma klub uchun xotirjamlik beradi.

«Boshqa klublar eshik qoqishi mumkin, lekin Vincent sotilmaydi. Uning uchun hech qanday transfer narxi belgilanmagan. U ertalab Sabener Strasse bazasiga birinchi boʻlib keladi va eng oxirgi boʻlib ketadi. Hatto safar oʻyinlaridan qaytayotganda ham samolyotda oʻyin tahlili bilan band boʻlyotganini koʻrish mumkin», dedi Hainer Sport Bild nashriga bergan intervyusida.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, shartnomani uzaytirishdan maqsad Manchester Siti qiziqishidan himoyalanish emas, balki murabbiyning ajoyib ishini munosib taqdirlash boʻlgan. Kompany jamoaga hujumkor uslub va barqarorlik olib keldi, bu esa klubning uzoq muddatli rejalari uchun juda muhim hisoblanadi.

Hozirda Vincent Kompany va uning oilasi Myunxenda baxtli ekani aytilmoqda. Bavariya rahbariyati uning mehnatsevarligi nafaqat jamoaga, balki butun klub atmosferasiga ijobiy taʻsir koʻrsatayotganini alohida eʻtirof etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.