Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi tarkibi sizdirildi: Palmer va Foden yoʻq

Angliya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi rasmiy eʻlon qilinishidan avval OAVga sizdirildi. Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoada kutilmagan oʻzgarishlar yuz bermoqda: xabarlarga koʻra, Cole Palmer va Fil Foden Shimoliy Amerikadagi turnirga bormaydigan boʻldi. Shuningdek, Manchester Yunayted himoyachilari Luke Shaw va Harry Maguire ham qaydnomadan tashqarida qolishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Fil Foden joriy mavsumda Manchester Siti safida Pep Guardiola qoʻl ostida barqaror oʻyin koʻrsata olmadi va Angliya Premer-ligasida bor-yoʻgʻi 7 ta gol urdi. Chelsi yetakchisi Cole Palmer esa 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urganiga qaramay, Tuxelning yakuniy roʻyxatiga kirmagan. Bu qarorlar koʻplab mutaxassislar va muxlislar uchun kutilmagan hol boʻldi.
Hujum chizigʻida Saudiya Arabistonining Al-Ahli klubi aʻzosi Ivan Toneyga joy topilgani diqqatga sazovordir. Himoya chizigʻida esa Tomas Tuxel jiddiy islohotlarga qoʻl urmoqda. Milan safida yaxshi oʻyin koʻrsatayotgan Fikayo Tomori va tajribali Harry Maguire tushirib qoldirilgan. Buning evaziga John Stones oʻz oʻrnini qayta tikladi, shuningdek, Nyukasl himoyachisi Dan Burn va Manchester Siti yosh iqtidori Nico OʻReilly tarkibga jalb etilishi kutilmoqda.
Arsenal vakillari Bukayo Saka va Declan Rice jamoaning asosiy oʻzagini tashkil etadi, ularga Noni Madueke ham qoʻshilishi aytilmoqda. Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbie Mainoo ham turnirga yoʻl oladi. Tomas Tuxel kiyinish xonasidagi muhit va tajribani saqlab qolish uchun Jordan Hendersonni ham tarkibda olib qolishga qaror qilgan.













