Barselona Mikel Arteta uchun Arsenal bilan kurashishi mumkinmi?

Barselona Mikel Arteta uchun Arsenal bilan kurashishi mumkinmi?

Mikel Arteta 22 yillik tanaffusdan soʻng Arsenal jamoasiga Angliya Premer-ligasi chempionligini taqdim etdi. Biroq, Shimoliy Londonda ispaniyalik mutaxassis oʻz vatani va tarbiyalanuvchisi hisoblangan Barselona tomonidan oʻziga ogʻdirib olinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar paydo boʻlmoqda. Arteta mashhur La Masia akademiyasi mahsuli boʻlib, murabbiylik sir-asrorlarini Pep Guardiola qoʻl ostida oʻrgangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Arsenal afsonasi Ray Parlour 44 yoshli murabbiyning kelajagi borasidagi bahslarni oʻz vaqtida Arsene Wenger atrofida yuzaga kelgan vaziyatga oʻxshatdi. Wenger "Kanonirlar"ni uchta chempionlik sari yetaklagan, jumladan 2003-04-yilgi magʻlubiyatsiz mavsumni qayd etgan davrda, u dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri sanalgan. Oʻshanda deyarli har mavsumda "Professor"ning Real Madrid klubiga oʻtishi haqida mish-mishlar tarqalardi.

Hatto Wenger Highbury stadionida ishlayotgan vaqtida "Qirollik klubi" bilan muzokaralar ham oʻtkazgan, biroq yakunda u 2018-yilgacha Arsenal jamoasiga sodiq qolgan. Arteta esa 2019-yil dekabrida jamoani qabul qilib olganidan beri 350 ta oʻyinda ishtirok etdi va 2025-26-yilgi mavsumda ichki chempionatda gegemonlikni qaytardi. Hozirda jamoa 30-may kuni Chempionlar ligasi finalida Pari Sen-Jermen bilan toʻqnash kelishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Arteta bilan amaldagi shartnoma 2027-yilning yoziga qadar imzolangan. Garchi shartnomani uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotgan boʻlsa-da, Barselona kabi grand klubning taklifi uni yoʻldan urishi mumkinmi? Parlourning fikricha, Arteta ham Wenger kabi sodiq qolishi ehtimoli yuqori. U oʻz loyihasini oxiriga yetkazishni istaydi va Arsenal jamoasining yangi davrini qurishda davom etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.