«Monako» javob o‘yinida ham «Borussiya D»ni mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi

«Monako» javob o‘yinida ham «Borussiya D»ni mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi
Evropa Chempionlar ligasi chorak finali javob bahsidan o‘rin olgan «Monako» – «Borussiya D» uchrashuv o‘z nixoyasiga etdi. Unda 3:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuv debyutidayoq Kilian Mbappe mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 17-daqiqada Radamel Falkao hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Marko Roys dortmundliklarning ilk goliga mualliflik qildi. Biroq 81-daqiqadagi Valer Jermenning goli uchrashuv masalasini hal qilib qo‘ya qoldi.

Shu tariqa «Monako» o‘z maydonida ham «Borussiya»ni mag‘lub etdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Evropa Chempionlar ligasi. Chorak final, javob uchrashuvi
Monako (Monako) – Borussiya D (Germaniya) 3:1 

Gollar: 1:0 – 3 Mbappe, 2:0 – 17 Falkao, 2:1 – 48 Roys, 3:1 –81 Jermen.

Monako – Subashich, Glik, Mendi, Ture, Jemerson, Moutinyu, Bakayoko, Lemar, Bernardu Silva, Mbappe (Jermen, 81), Falkao (Dirar, 68).

Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Durm (Dembele, 27), Gerreyru (Pulishich, 72), Kagava, Shaxin (Shmelser, 46), Roys, Vaygl, Pishchek, Obameyang.

Ilk uchrashuv – 3:2

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.