Uli Hoeneß Lothar Matthäusni transferni barbod qilganlikda aybladi

Uli Hoeneß Lothar Matthäusni transferni barbod qilganlikda aybladi

Bavariya faxriy prezidenti Uli Hoeneß sobiq futbolchi va hozirgi teleekspert Lothar Matthäusni keskin tanqid ostiga oldi. Hoeneßning taʻkidlashicha, aynan Matthäusning ommaviy bayonotlari Nick Woltemade transferining barbod boʻlishiga sabab boʻlgan. Myunxenliklar rahbari DerSpiegel nashriga bergan intervyusida ushbu vaziyat boʻyicha barcha tafsilotlarni ochiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hoeneßning soʻzlariga koʻra, Bavariya hujumchi bilan kelishuvga erishgan va transfer summasi 50 million yevro atrofida boʻlishi kutilgan edi. Biroq Matthäus matbuotda futbolchining narxi 60-80 million yevro ekanligini aytib chiqqanidan soʻng, VfB Stuttgart rahbariyati bosim ostida qolgan. Natijada transfer narxi koʻtarilib ketgan va kelishuv amalga oshmay qolgan.

"Matthäus oʻz mavqeidan foydalanib, Bavariya klubiga zarar yetkazishni toʻxtatishi kerak. Uning ekspert sifatida aytgan gaplari tufayli Stuttgart futbolchini arzonroq sotishga qoʻrqib qoldi, chunki jamoatchilik ularni ahmoqlikda ayblashi mumkin edi", — deya qoʻshimcha qildi Hoeneß. Yakunda Nick Woltemade 75 million yevro evaziga Angliyaning Nyukasl Yunayted klubiga oʻtib ketdi.

Hozirda Woltemade uchun Angliyadagi faoliyati koʻngildagidek kechmayapti. Maʻlumotlarga koʻra, futbolchi va Nyukasl Yunayted bosh murabbiyi Eddie Howe oʻrtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelgan. Murabbiy hujumchini maydonning chuqurroq qismida oʻynatmoqda, bu esa uning samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatib, oʻyin vaqtining kamayishiga olib keldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.