Ronaldu va Iguainlar EChLda eng yaxshi futbolchi bo‘lishga da’vogarlik qilishmoqda

Ronaldu va Iguainlar EChLda eng yaxshi futbolchi bo‘lishga da’vogarlik qilishmoqda
UEFA tashkiloti o‘z an’anasiga ko‘ra Evropa Chempionlar ligasining so‘nggi haftasidagi nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ushbu mukofotga “Real” futbolchisi Krishtianu Ronaldu va “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain da’vogar bo‘lib turibdi. So‘rovnoma har doimgidek tashkilotning rasmiy saytida o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni paytda “Atletiko” darvozasiga xet-trik amalga oshirgan Ronaldu hisobida 79 ovoz, va “Monako” darvozasiga ikkita gol urgan Iguain 21 foiz ovoz to‘plagan. Yaqin soatlar ichida yana aniq ma’lumotlar berib o‘tamiz.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.