Anchelotti: «Real» bu tarkib bilan ko‘p narsaga qodir

Anchelotti: «Real» bu tarkib bilan ko‘p narsaga qodir
Anchelotti: «Real» bu tarkib bilan ko‘p narsaga qodir

«Real» bosh murabbii Karlo Anchelotti o‘z shogirdlarining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan xursand ekanini yashirmadi, Bu haqda «championat.ru »ga asoslanib «stadion.uz» xabar bermoqda.

Madrid klubi qatorasiga 17 uchrashuvda g‘alaba qozonmoqda.

«Bu jamoa yanada yaxshi bo‘lishi mumkinmi, buni aytish qiyin. Agar zo‘r berib ishlasak, mumkin. O‘yinchilar oldiga qanchalik yaxshi o‘ynay olishlari ko‘rsatishlari uchun qandaydir chegara belgilash kerak emas. Hech qanday chegara bo‘lmaydi.

O‘yinchilar hozir ajoyib o‘ynashmoqda va oldilariga qo‘yigan vazifalarni bajarishmoqda. Bizda futbolga jiddiy qaraydigan ajoyib tarkib bor.

«Real» - katta bir oila. O‘yinchilar o‘zaro yaxshi munosabatdalar, bundan juda xursandman. Umid qilamanki, hali g‘alaba qozonishda uzoq davom etamiz. Bu tarkib bilan istalgan to‘siqlardan o‘ta olamiz», - deydi Anchelotti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.