Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi

Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
Bugun Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning uchinchi kungi musobaqalari davom etdi. Shu kuni O‘zbekiston delegasiyasi medallar jamg‘armasi yana bitta oltin va bitta kumush hamda ikkita bronza medal bilan boyidi, deb yozadi Kun.uz.

Avvaliga 58 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachi Muattar Nabieva bronza medalga ega bo‘ldi. U turkiyalik Kentli Sumayye (207 kg) va Indoneziyalik Jagaddhita Achedyadan keyin (199 kg) uchinchi bo‘ldi. O‘zbekiston vakilining ko‘rsatkichi - 196 kg.
Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
Dzyudochi Gulnoza Matniyozova O‘zbekiston uchun ikkinchi oltinni keltirdi. -70 kg vazn toifasida matga chiqq dzyudochi qiz finalda turkiyalik Sukran Bakachakni mag‘lubiyatga uchratdi.
Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
Navbatdagi medalni ham dzyudo vakili olib keldi. -81 kg vazn toifasida janglarni o‘tkazadigan Davlatbek Bobonov yarim finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bronza medali uchun bo‘lib o‘tgan bahsda u qatarlik raqibi Osamma Hajamni engdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
Badiiy gimnastikachi Anastasiya Serdyukova «Islom birdamligi sport o‘yinlari»da o‘zining ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi. 13 may kuni u jamoaviy bahslarda kumush medal sohibiga aylangan edi. Bugun halqa bahslarida ishtirok etgan Serdyukova yakuniy natijalarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uning ushbu medali O‘zbekiston sport delegasiyasining turnirdagi 12-medaliga aylandi (2ta oltin, 2ta kumush va 8ta bronza).
Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
Ayni vaqtda terma jamoa 54 davlat orasida ettinchi o‘rinda joylashgan.
Boku—2017, uchinchi kun sarhisobi. O‘zbekiston vakillari yana 4 ta medal oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.