OFK o‘zbekistonlik mutaxassislarni Osiyo chempionatiga taklif qildi

OFK o‘zbekistonlik mutaxassislarni Osiyo chempionatiga taklif qildi
O‘zbekistonlik futzal hakami Anatoliy Rubakov Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishlayapti.

Kecha, 16 may kuni o‘zbekistonlik referi musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya – Xitoy Taypeyi (4:0) uchrashuvida bosh hakamga assistentlik qildi. Bugun, 17 may sanasida esa Anatoliy Rubakov 2-turdan o‘rin olgan BAA – Xitoy (3:1) o‘yinida bosh hakam bo‘lib ishladi.
OFK o‘zbekistonlik mutaxassislarni Osiyo chempionatiga taklif qildi
OFK, shuningdek, O‘FF matbuot xizmatining etakchi mutaxassisi Sherzod Rajabovni musobaqaning media jarayonlarini olib borish uchun Osiyo chempionatiga taklif qilgan. Ayni vaqtda O‘FF xodimi Tailandda bo‘lib turibdi.
OFK o‘zbekistonlik mutaxassislarni Osiyo chempionatiga taklif qildi
Ma’lumot uchun, 16 may kuni boshlangan Osiyo chempionati 26-mayga qadar davom etadi. Mazkur turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-20 termasi chempionatni Myanma ustidan erishilgan 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.