Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Danni bungacha hafta avvalida iste’fo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi, deb xabar beradi «Olamsport.com».

Aslida Blind Xiddinkning o‘rnini Evro-2016dan so‘ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq iste’foga chiqarildi.

Gus boshchiligida gollandlar o‘tkazilgan 10ta uchrashuvdan atigi 4tasida zafar quchishdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o‘tkazishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.