Balotelli: «Oltin to‘p»ni olishim uchun Ronaldu va Messini o‘ldirishim kerak

Balotelli: «Oltin to‘p»ni olishim uchun Ronaldu va Messini o‘ldirishim kerak
Fransiyaning «Nissa» klubi hujumchisi Mario Balotelli «Oltin to‘p» borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deydi Hordiq.uz.

«Agar «Oltin to‘p»ni olishni istasam, Ronaldu va Messini o‘ldirishim kerak. Chunki qanchalik ko‘p mexnat qilsam ham bu sovringa ega chiqa olmayman. Yaqin kunlar ichida ta’tilga chiqib ketsam, Chempionlar Ligasi finalini ham ko‘rmayman.» — deydi hujumchi.

Ushbu mavsumda Mario Balotelli 23 o‘yinda maydonga tushib (20 tasi asosiy) 15 ta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 6 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.