Van Persi «Beshiktosh»ga o‘tmaydi

Van Persi «Beshiktosh»ga o‘tmaydi
Van Persi «Beshiktosh»ga o‘tmaydi

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Robin van Persi «Beshiktosh»dan tushgan taklifni rad etdi, deb yozmoqda «Uff.uz».

TalkSport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, manchesterliklar futbolchining transferi borasida muzokara olib borgan. «Beshiktosh» uni «Shanxay Shenxua»ga o‘tib ketgan Demba Baning o‘rniga taklif qilayotgan edi.

«Beshiktosh» klubi 31 yoshli golland hujumchisi uchun 7 million funt to‘lashga va uzoq muddatli shartnoma shartnomaga tayyorligini ma’lum qilgan. Biroq van Persining rejalari orasida hozircha, Turkiyaga ketish varmianti yo‘q. Uning «MYu» bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng nihoyasiga etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.