Mbappe – «Chelsi» klubining transfer mavsumidagi asosiy nishoni

Mbappe – «Chelsi» klubining transfer mavsumidagi asosiy nishoni
«Chelsi» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish yo‘lida kurashishga tayyor.

Le10 Sport nashrining xabar qilishicha, «ko‘klar» ustozi Antonio Konte 18 yoshli hujumchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Hozirda «Chelsi» futbolchining klubi va agenti bilan transfer muzokaralarini olib bormoqda. Shuningdek, Konte 13 iyunda bo‘lib o‘tadigan Fransiya – Angliya o‘rtoqlik uchrashuvi olidan Mbappe bilan ko‘rishadi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» keyingi mavsumda hujumchisi Diego Kostaga ishonch bildirmayapti. Jamoa uni transferga qo‘ygan va hujumni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.