Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi

Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi
Qozog‘iston tarixida boks bo‘yicha ilk Olimpiya chempioniga aylangan Vasiliy Jirov \"Nur-Ostona\" masjidida islom dinini qabul qildi. U birinchi og‘ir vazn toifasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha professionallar o‘rtasida sobiq jahon chempioni ham hisoblanadi. Bu haqda \"Profi Boks Kazaxstana\" \"Feysbuk\"da xabar berdi.

Vasiliy Jirov Ramazon hayiti bayrami arafasida islomni qabul qildi, deyiladi “Hazrat Sulton” masjidi saytida.
Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi
Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi
Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi
Instagram foydalanuvchilari bunga o‘z munosabatini bildirishgan. Masalan rustam_abdussalamov shunday yozdi: “Kecha qandaydir o‘zgacha kun bo‘ldi! Hammasi odatdagidek boshlandi, 5 da uyg‘ondik, hayit namoziga bordik, biroq bu safar biz bilan birga, namozga Vasya Jirov ham keldi. U yonimizda turdi va o‘z hayotidagi birinchi namozni o‘qidi. Bu shunday o‘zgacha kunda hamda poytaxtning markaziy masjidida ro‘y berdi!”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.