Gabonda Messining kaft izi tushirilgan tosh o‘g‘irlab ketildi

Gabonda Messining kaft izi tushirilgan tosh o‘g‘irlab ketildi
Gabonda Messining kaft izi tushirilgan tosh o‘g‘irlab ketildi

Gabonda futbolchi Lionel Messining kafti izi tushirilgan tosh o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda «Sports.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Argentinalik yulduz ikki hafta avval Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimbaning taklifiga binoan mamlakatga tashrif buyurgan va Port-Jantildagi yangi stadionning tamal toshini qo‘yishga ishtirok etgandi.

Kuni kecha uning kafti tushirilgan tosh yo‘qoldi. Xabar berishlaricha, mahalliy polisiya hozirgi vaqtda mazkur toshni qidirish bilan band.

Qayd etish joiz, Messining Gabonga tashrifi turli salbiy voqealar bilan yodda qoldi. Jumladan, futbolchi mazkur tashrifi uchun bir necha million dollar to‘lov puli olgani haqida xabar berildi.

Shuningdek, Messi soqolini olmay, kalta ishtonda kelgani ham gabonliklarga ma’qul kelmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.