Hujumchi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining qaysi klubida to‘p surishi oydinlashdi

Hujumchi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining qaysi klubida to‘p surishi oydinlashdi
O‘zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi aniq bo‘ldi. Bu haqda CA xabar bermoqda.

Futbolchi Rossiya premer-ligasining \"Rostov\" klubiga ko‘chib o‘tdi. Shomurodovning yangi jamoa safiga yozda yoki qishda o‘tishi klublarning o‘zaro muzokarasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga Rossiyaning bir qator klublari qiziqayotgani va \"Krasnodar\" klubiga o‘tayotgani ma’lum qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.