Sardor Rashidov «Al-Jazira» safidagi ilk golini golland klubi darvozasiga urdi

Sardor Rashidov «Al-Jazira» safidagi ilk golini golland klubi darvozasiga urdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov «Al-Jazira» safidagi ilk golini urdi. Bu haqda «Championat.asia» saytiga asoslanib «Daryo» nashri yozmoqda.

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Amirlik klubi sinov-nazorat o‘yinida Gollandiyaning «Fortuna Sittard» klubiga qarshi harakat qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. «Al-Jazira» safidagi gollardan biriga o‘zbekistonlik futbolchi mualliflik qilgan.

Sardor Rashidov uchrashuvda 45 daqiqa harakat qildi, deb yozilgan xabarda.

Avvalroq Rashidov Amirlik chempionatining amaldagi g‘olibi bilan 2 yillik shartnoma tuzgandi. Klubning Osiyo Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida harakat qilishi Rashidov e’tiborini tortgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.