«Barselona» «PSJ»ni Evropada yakkalab qo‘ymoqchi

«Barselona» «PSJ»ni Evropada yakkalab qo‘ymoqchi
«Barselona» Evropaning etakchi klublariga «PSJ»ga qarshi birlashishni taklif qilmoqda. Bu haqda L\'Équipe nashriga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Kataloniyaliklar Parij klubining hujumchi Neymarni qo‘lga kiritish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlaridan keskin norozi bo‘lyapti.

Ayni paytda, «Bavariya» va «Yuventus» ham «Barselona»ni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.

«Barselona» «PSJ» Evropada yakkalanib qolishini istamoqda. Ispanlar parijliklar klubining transfer bozoridagi tajovuzkorona harakatlari Evropa futboliga tahdid solishi mumkinligini dastak qilmoqda.

«PSJ» Neymarni «Barselona»dan 222 mln evroga sotib olmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.