“Atletiko” Audi Cup turniri g‘olibi!

“Atletiko” Audi Cup turniri g‘olibi!
Madridning “Atletiko” jamoasi Myunxen shahrida o‘tkazilgan Audi Cup norasmiy turniri g‘olibiga aylandi, deb yozadi Darakchi nashri.

Diego Simeone jamoasi final o‘yinida “Liverpul” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi.

Penaltilar seriyasida esa omad madridliklarga kulib boqdi. Natijada “Atletiko” mavsum oldida norasmiy bo‘lsa-da, sovrin yutib oldi.

Atletiko (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar:
1:0 – 33 Bare, 1:1 – 83 Firmino.

Penaltilar seriyasi – 5:4.

Atletiko – Moyya, Vrsalko (Xuanfran, 73), Ximenes, Gonsales, Lyuka Ernandes, Fernandes (Gabi, 59), Parti (Savich, 73), Kranevitter, Korrea,Bare (Grizmann, 59), Vetto (Torres, 74).

Liverpul – Uord, Klavan, Flanagan (Matip, 46), Gomes, Milner (Robertson, 46), Lallana (Gruyich, 46), Veynaldum (Edjaria, 64), Djan(Xenderson, 46), Mane (Kent, 47), Solanke (Origi, 64), Vudbern (Firmino, 46).

Ogohlantirishlar: Mane (22), Milner (24), Gomes (45), Gonsales (56), Klavan (65).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.