Messi "Barselona" rahbariyatidan ikki futbolchini sotib olishni so‘ramoqda

Messi "Barselona" rahbariyatidan ikki futbolchini sotib olishni so‘ramoqda
\"Barselona\" hujumchisi Lionel Messi jamoada argentinalik futbolchilar sonini oshirmoqchi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, futbolchi rahbariyatdan \"PSJ\" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya va \"Yuventus\" hujumchisi Paulo Dibala transferini talab qilmoqda.

Ayni paytda Di Mariya \"PSJ\" klubini tark etishni istamayapti. Neymarning kelishi futbolchilarda jamoa yutuqlariga bo‘lgan ishonchni oshirgan. Diabala esa rahbariyat qo‘yib yuborsagina \"Yuventus\"ni tark etishini aytgan.

Avvalroq, \"Barselona\" Dibalaning transferiga \"Yuventus\"ni ko‘ndirish uchun Andre Gomesh va Rafinyani bermoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.

Manba: Stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.